Jahon chempionatida eng zo‘r dzyudochilarimiz tatamiga chiqadi

  • 16 avgust, 2017, 08:19
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Ushbu chempionatda dunyoning 134 mamlakatidan 88 nafarga yaqin dzyudo ustasi g‘oliblik uchun kuch sinashishi kutilmoqda.

Tecno
Shu yilning 28 avgust - 3 sentyabr kunlari Vengriyaning Budapesht shahrida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkaziladi.

SPORTS.uz axborot portaliga ma’lum bo‘lishicha, yilning nufuzli musobaqasida mamlakatimiz sharafini to‘qqiz nafar sportchimiz himoya qiladi.

Terma jamoa rahbariyatida jahon chempionatiga Muhriddin Tilovov (-60 kg), Diyorbek O‘rozboev (-60 kg), Sardor Nurullaev (-66 kg), G‘iyosjon Boboev (-73 kg), Davlat Bobonov (-81 kg), Yahyo Imomov (-90 kg), Shahzod Sobirov (-90 kg) Sherali Jo‘raev (-100kg) va Muhsin Xisomiddinovni (+100 kg) jalb qilgan.

Jahon chempionati erkaklar va ayollar o‘rtasida ettidan vazn toifasida o‘tkaziladi. Shuningdek, jamoaviy bellashuvlarda ham g‘oliblar aniqlanadi. Dzyudochilar jami 16 medal jamlanmasi uchun tatamiga chiqadi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!