Jaloliddin Masharipov: Faoliyatimni Evropada davom ettirmoqchiman

  • 22 yanvar, 2019, 13:39
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

“Osiyo kubogida chiroyli o‘yin namoyish qilib, muxlislarni xursand qilmoqchi edik. Asosiy maqsadimiz bosh sovrinni yurtimizga olib kelish edi. Afsuski, bu natijaga erisha olmadik. Lekin yomon o‘ynamadik, deb hisoblayman. Yaponiya, Avstraliya kabi terma jamoalarga munosib qarshilik ko‘rsatdik. Muxlislarga ham o‘yinimiz yoqdi, deb o‘ylayman. Ijtimoiy tarmoqlar orqali ko‘plab ijobiy fikrlarni qabul qilyapmiz. Bizni musobaqa davomida qo‘llab-quvvatlab turgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz. Endilikda Jahon chempionati saralashida ijobiy natija qayd etib, xalqimizning azaliy orzusini amalga oshirishga intilmoqchimiz. Umid qilaman, buning uddasidan chiqa olamiz.

O‘zimning kelgusi faoliyatimga keladigan bo‘lsak, “Paxtakor” bilan shartnomam yakuniga etgan. Endilikda faoliyatimni xorijda davom ettirmoqchiman. Hozirda bir-ikkita klublardan takliflar bor. Eng katta orzum – Evropa klublarida to‘p surish. Evropada futbolchi yanada o‘sish imkoniga ega bo‘ladi. To‘g‘ri, arab klublari moliyaviy tarafdan yaxshi taklif berishadi. Lekin men arab klublariga o‘tmoqchi emasman. Mening eng katta tanqidchim – akam. Doimo mening o‘yinlarimni kuzatib, kamchiliklarimni aytib turadi. Hech qachon meni o‘zimga maqtamagan. Akam ham faoliyatimni Evropada davom ettirishim tarafdori. Garchi Evropa klublari taklifi moliyaviy jihatdan kamtarroq bo‘lsa-da, men Evropaga ketmoqchiman. Evropada to‘p surib, milliy terma jamoamizning Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga yordam bermoqchiman”, - deydi Masharipov. 

Manba: O‘FA

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
telefon sozlash ремонт сотовых телефон
22/01/2019 22:20
Masharipov yashavor ukam yaxshi o‘ynading sendan ko‘nglimiz to‘q
&
user
23/01/2019 11:04
To'g'ri o'ylabsiz malades.
Yevropada yanada o'sib termaga bundanam ko'proq foyda keltiring!
shomurodov ni qarang qanday futbolchi bo'libdi
&
King of World
23/01/2019 12:53
илтимос морожний еб пахтакорга қайтиб келма! Умидимизни пучга чиқарма...
&
darwesh
22/01/2019 14:42
Европада уйнаш учун битта истеъдод камлик килади. Огир ва кора мехнат килиш керак
&
Yahyobek
22/01/2019 14:33
Агар хамма футболчилар Машариповнинг даражасида ўйнай олганида кубогни осонлик билан олар эдик.Энди қишлоқлардан туғма иқтидорларни излаб топмасак, Эктор Купери хам хеч нарса қилаолмайди менимча.Футбол даги ютуқлар футболчиларнинг иқтидорига боғлиқ деб ўйлайман.