Jasurbek Latipov: Hakamlar adolat qilganda bitta emas, beshta oltin medalni qo‘lga kiritardik

  • 5 sentabr, 2017, 11:42
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, kecha boks bo‘yicha Germaniyada o‘tgan jahon chempionatidan sportchilarimiz qaytib kelishdi.

Mazkur dunyo birinchiligida 52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilib, kumush medal bilan qaytgan Jasurbek Latipov turnir haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Jahon chempionatida o‘rin olishning o‘zi katta gap. Terma jamoamiz umumjamoa himobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bundan xursandmiz, biroq biz u erga kumush yoki bronza medallarini olish uchun bormagan edik. Biz bu musobaqada bitta oltin emas, balki beshta oltin olishimiz ham mumkin. Hakamlar biroz haqqoniylikni esdan chiqarib qo‘yishdi, ammo biz bu bilan to‘xtab qolmaymiz. O‘z ustimizda ishlashda davom etamiz.

Shu o‘rinda bizni to‘g‘ridan to‘g‘ri va ekran orqali qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimizga katta raxmat. Shuningdek, O‘zbekiston boks federatsiyasiga, ustozlarimga minnatdorlik bildiraman. Men yirik musobaqalarda kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritganman. Bu galgi chempionatda albatta, yuqori natijani qo‘lga kiritishimga ishongandim. Maqsadim faqat oltin medal edi. Jahon chempioni bo‘lgunimda tinmayman.

Eslatib o‘tamiz, Jasurbek finalda kubalik Yosvani Veytiyaga ochkolar bo‘yicha imkoniyatni boy bergan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!