Ja’far Irismetov: Igor Sergeev terma jamoaga kerak, u bizning eng yaxshi hujumchilarimizdan biri

  • 11.07.2018 23:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ayni damda Toshkentning “Paxtakor” klubida sport direktori lavozimida faoliyat olib borayotgan sobiq futbolchi Ja’far Irismetov “sherlar” safiga qaytgan hujumchi Igor Sergeev haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Igorda hech qanday ruhiy muammolar yo‘q. U ma’lum muddatga chempionatni almashtirganining sababi, shunchaki o‘zini boshqa joyda sinab ko‘rishni istadi. Shu bois Sergeevda hammasi joyida. Bu futbolchida hech qanaqa bosim yo‘q. O‘ylaymanki, milliy terma jamoamizga Igor Sergeev kerak. Nima bo‘lganda ham u bizning eng yaxshi hujumchilarimizdan biri hisoblanadi”, - deydi Irismetov.

Ja’far Irismetov bilan uyushtirilgan to‘liq suhbatni tez orada saytimizda o‘qiysiz. Shunday ekan bizdan uzoqlashmang!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!