"Jenoa" "yangi Levandovski"ni faqat bir shart bilan sotadi

  • 12 oktabr, 2018, 17:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning "Jenoa" klubi qishki transferlar chog‘ida jamoa forvardi Kshishtof Pentekni sotib yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra genuyaliklar 23 yoshli polshalik to‘purarni davralar oralig‘ida katta mablag‘ evaziga sotib borishmoqchi. Faqat bir shart bilan. Gap shundaki, “Jenoa” Pentekni xarid qilgan klubdan uni mavsum yakunigacha jamoada ijara asosida qoldirishni so‘ramoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Pentekka ayni damda "Barselona", "Yuventus", "Bavariya" hamda "Borussiya" Dortmund kabi grand klublardan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, “yangi Levandovski” deya e’tirof etilayotgan Kshishtof Pentek joriy mavsum  A Seriyada jami 8ta o‘yinda 13ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!