
Jerar Pike tennis bo‘yicha musobaqa o‘tkazmoqchi
"Barselona" jamoasining himoyachisi, "Kosmos" sarmoyaviy guruhining rahbari ispaniyalik Jerar Pike tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida “Majesty Cup” deya nomlangan yangi turnirni tashkil qilmoqchi.
Pike tomonidan tashkil etiladigan yangi turnirda 64 nafar tennischi 10 million AQSh dollari pul mukofoti uchun o‘zaro raqobatlashadi. Musobaqaning ahamiyatli tomoni shundaki, turnirning barcha pullari g‘olib tennischiga nasib etadi.
“Majesty Cup” musobaqasi sentyabr oyida "US Open" musobaqasidan so‘ng o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Pike "Devis kubogi"ga 3 milliard AQSh dollarini sarmoya qilishni va final bahsini noyabr oyidan sentyabr oyiga ko‘chirish niyatida ekani haqida aytib o‘tgan edi.
Fikrlar