Ettita gol! Chempionlar ligasida sensatsiya

  • 14.10.2026 07:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Bryugge» Chempionlar ligasida «Inter» mehmoni sifatida maydonga tushib, gollarga boy o‘yinda 4:3 hisobida g‘alaba qozondi. Milanda o‘tgan bellashuvda jami yetti bor to‘p darvozaga yo‘l oldi, kurash esa oxirgi daqiqalargacha keskin tusda davom etdi. Belgiya klubi yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, uchrashuv oxirida «Inter» bosimiga dosh berdi.

Hisob o‘yinning 30-daqiqasida ochildi. «Bryugge» hujumchisi Nikolo Trezoldi penalti­ni aniq amalga oshirib, jamoasini oldinga olib chiqdi. «Inter» javob golini taym yakunlanishidan sal oldin urdi: 44-daqiqada Lautaro Martines raqamlarni tenglashtirdi va milanliklarga dam olishga durang hisobida ketish imkonini berdi.

Ikkinchi bo‘limda belgiya­liklar yana tashabbusni qo‘lga oldi. 63-daqiqada Trezoldi ikkinchi golini urdi, ordan 11 daqiqa o‘tib esa jamoasining uchinchi to‘pini kiritib, xet-trikni rasmiylashtirdi. 1:3 hisobidan so‘ng «Inter» uchun vaziyat juda qiyinlashdi, biroq maydon egalari o‘yinni qutqarish urinishlaridan voz kechmadi.

81-daqiqada Lautaro Martines yana bir bor o‘zini ko‘rsatib, hisobni qisqartirdi va dub­l qayd etdi. Shu tariqa uchrashuv yana intriga­li tus oldi. Biroq 87-daqiqada Romeo Verman «Bryugge»ning to‘rtinchi golini urdi va farqni yana ikki to‘pga yetkazdi.

«Inter» qo‘shimcha daqiqalarda ham hujumlarni to‘xtatmadi. 90+3-daqiqada Anj-Yoan Bonni raqib darvozasini ishg‘ol etib, hisobni 3:4 ko‘rinishiga keltirdi. Ammo to‘liq kambek uchun milanliklarga vaqt yetishmadi va Belgiya klubi muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!