
Jo Xart "Vest Xem"dan ketmoqchi
Huquqiy jihatdan "Manchester Siti" klubiga tegishli bo‘lgan va mavsumni "Vest Xem" safida o‘tkazayotgan darvozabon Jo Xart boshqa jamoaga o‘tishni rejalashtirmoqda.
The Times nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli posbon “bolg‘achilar” boshqaruviga Devid Moyes kelganidan so‘ng o‘zining asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotdi. Bu esa yaqinlashib kelayotgan JCh-2018 oldidan Angliya terma jamoasi posbonini qoniqtirmayapti. Shu bois u “Vest Xem” bilan amaldagi kelishuvni muddatidan avval bekor qilishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Xart joriy mavsum APLda jami 14ta bahsda maydonga tushgan va o‘z darvozasidan 30ta to‘p olib chiqishga majbur bo‘lgan.
Fikrlar