Jo‘rabek Karimov Qatarda mag‘lub bo‘ldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan Qatarda o‘tkazilayotgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi xalqaro turnirda hamyurtimiz Jo‘rabek Karimov o‘z ishtirokini yakunladi.

Musobaqaning ikkinchi davrasida Jo‘rabek shvetsiyalik Markus Erikssonga qarshi kortga chiqdi.

Uchrashuvning birinchi setida 7:5 hisobida zafar quchgan tennischimiz, ikkinchi setni 1:6 hisobida boy berib qo‘ydi. O‘yin tizginin qo‘ldan chiqargan Jo‘rabek so‘nggi hal qiluvchi uchinchi setda 3:6 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!