Jo‘rabek Karimov yarim finalga chiqa olmadi

CHERY AUTO

Biroz avval Osiyo o‘yinlarining tennis dasturidan o‘rin olgan chorak finalning so‘nggi bellashuvi o‘z yakuniga etdi. Unda yurtdoshimiz Jo‘rabek Karimov xitoylik Yibing Vuga qarshi bahs olib bordi. 

Dastlabki set xitoylik raketka ustasining katta ustunligida o‘tdi va hisob ham shunga yarasha bo‘ldi – 6:2. Ikkinchi setda Jo‘rabek 4:2 hisobida oldinda borayotib, ayrim vaziyatlardan unumli foydalana olmadi va yakunda bu bo‘limni ham boy berib (4:6) chorak finalda yurishini to‘xtatdi. Shu tariqa 1 soat, 31 daqiqa davom etgan bahsda Chin o‘lkasi vakilining qo‘li baland keldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!