Joze Mourino MYu rahbariyati bilan qanday munosabatda ekanligini aytdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa vitse-prezidenti Ed Vudvord bilan o‘zaro munosabatlari qanday ekanini aytdi.
“Men matbuotda kim nimani yozayotganini o‘qimayman. Vudvord bilan o‘zaro munosabatlarim yaxshi yoki yomon ekanligi sizlar uchun qiziqmi? Ha, u bilan o‘rtamizda hech qanday nizo yo‘q”, - deydi portugaliyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq jamoaning transferlar siyosati masalasida Mourino va Vudvord o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar