Joze Mourino MYu rahbariyatidan 2 nafar “Bavariya” a’zosini sotib olishni so‘ramoqda
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi "Bavariya"ning ikki nafar a’zosi - xavbek Tyago Alkantara hamda forvard Robert Levandovskilarni joriy yozgi transferlar davrida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda mankuanliklar ushbu futbolchilar uchun nemis grandiga 150 million evro taklif qilishga tayyor. Ma’lumotlarga ko‘ra ispaniyalik va polshalik futbolchilarni shaxsan jamoa ustozi Joze Mourinyu sotib olishni rahbariyatdan so‘ramoqda.
“Bavariya” esa Levandovskini 90 mln, Alkantarani esa 70 mln evroga baholamoqda.

Fikrlar