Joze Mourino "Manchester Siti" sha’niga keskin gaplar gapirdi
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino hamshahari "Manchester Siti"ni yuqori saviyali jamoa emas deb hisoblashini aytdi.
“Agar siz boy klub bo‘lsangiz, futbolchi sotib olishingiz mumkin. Lekin, saviyani sotib olib bo‘lmaydi”, - deydi portugaliyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” o‘tgan mavsum 100 ochko jamg‘arib APL chempioni bo‘lgan edi.

Fikrlar