Kaka: Gattuzo futbolchilik davrida qanday bo‘lgan bo‘lsa, hozir ham shunday

  • 6 sentabr, 2018, 09:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik futbol yulduzlaridan biri Kaka ayni damda "Milan"ga ustozlik qilayotgan sobiq jamoadoshi Jennaro Gattuzo haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

“Gattuzoning qanday mashg‘ulot o‘tkazayotganini hayotda ko‘rish haqiqatda ajoyib. U hozir ham xuddi futbolchilik davrida bo‘lgani singari juda ehtiroslarga boy. O‘shanda ham u jamoani ruhlantirib, futbolchilardan eng yaxshi o‘yinlarini ko‘rsatishlarini talab qilardi. Gattuzo juda yaxshi inson va haqiqiy fenomen”, - deydi Kaka.

Eslatib o‘tamiz, Gattuzo boshchiligidagi “Milan” o‘tgan mavsumni 6-o‘rinda yakunlagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!