
Keyn Runini ortda qoldirdi
Xabaringiz bor bundan biroz avval UEFA Millatlar ligasidan o‘rin olgan Angliya va Xorvatiya (2:1) terma jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi. Uchrashuvda inglizlarga g‘alaba keltirgan golga jamoa sardori Xarri Keyn mualliflik qildi.
E’tiborlisi, shu tariqa 25 yoshli Keynning Angliya terma jamoasi safidagi gollari soni 20taga etdi. Unga ushbu natijani qayd etishi uchun bor yo‘g‘i 35ta o‘yin kifo qildi. Shu tariqa Keyn bu borada Angliyaning yaqin o‘tmishdagi eng zo‘r hujumchisi Ueyn Runini ortda qoldirdi. Boisi, Runiga terma jamoa safidagi ilk 20ta golini kiritish uchun 49ta o‘yin kerak bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Runi Angliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. U 120ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 53ta gol urgan.
Fikrlar