Keyrush Eron terma jamoasining BAAdagi yig‘iniga chaqirilgan futbolchilarni e’lon qildi

  • 3 yanvar, 2017, 21:04
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eron milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush 2-9 yanvar kunlari BAAda bo‘lib o‘tadigan yig‘inga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda O‘FF rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Eron terma jamoasining yangi yildagi dastlabki yig‘iniga 24 nafar futbolchi jalb etilgan. Ta’kidlash joiz, Karlush Keyrush mazkur yig‘inga Evropada to‘p suradigan legionerni chaqirmagan. Faqatgina, Rossiyaning “Terek” klubida to‘p surayotgan  Milod Muhammadiy mazkur yig‘inga jalb etilgan.

Asosan, Eron Pro-Ligasida faoliyat olib boradigan futbolchilardan tashkil topgan yig‘inda, terma jamoa bosh murabbiyi bir qator yangi futbolchilarni sinovdan o‘tkazishni rejalashtirgan.

Ma’lumot uchun, Eron milliy terma jamoasi JCh-2018 3-saralash bosqichidagi O‘zbekiston terma jamoasining raqibi sanaladi.

Eron terma jamoasining BAAdagi yig‘iniga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxati:

Darvozabonlar:

Muhammadrizo Axboriy ("Traktorsoziy", Tabriz)

Alirizo Biyronvand ("Persepolis", Tehron)

Muhammadrashid Mazohiriy ("Zob Ohan", Isfahon)

 

Himoyachilar:

Muhammad Ansoriy ("Persepolis", Tehron)

Vuriya G‘ofuriy ("Istiqlol", Tehron)

Sayyidjalol Hussayniy ("Persepolis", Tehron)

Muhammad Eronpuriyon ("Traktorsoziy", Tabriz)

Milod Muhammadiy ("Terek", Grozniy)

Vohid Muhammadzoda ("Zob Ohan", Isfahon)

Izzatulloh Purg‘oz ("Istiqlol", Xuziston)

Ramin Rizoyon ("Persepolis", Tehron)

 

Yarim Himoyachilar:

Vohid Amiriy ("Persepolis", Tehron)

Umid Ibrohimiy ("Istiqlol", Tehron)

Ehson Hojisafiy ("Sepohon", Isfahon)

Kamol Kamyobiniya ("Persepolis", Tehron)

Surush Rafe’iy ("Traktorsoziy", Tabriz)

Dariyush Shojaiyon ("Gustarish Fulad", Tabriz)

 

Hujumchilar:

Soson Ansoriy ("Fulad", Xuziston)

Ma’sud Ibrohimzoda ("Gustarish Fulad", Tabriz)

Farzod Hotamiy ("Traktorsoziy", Tabriz)

Ehson Pahlavon ("Zob Ohan", Isfahon)

Murtazo Tabriziy ("Zob Ohan", Isfahon)

Mehdi Toremi ("Persepolis", Tehron)

Mehdi Rahim Zahiviy ("Istiqlol", Xuziston)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!