Klublar o‘rtasidagi JCh: “Real”ning yarim finaldagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan klublar o‘rtasidagi JCh-2016da navbatdagi o‘yin yakuniga etdi.

Musobaqaning chorak final ilk bahsida Janubiy Koreyaning “Chonbuk Motors” jamoasi Meksikaning “Amerika” klubi bilan bahs olib bordi.

Yaponiyada o‘tayotgan bahsda Amerika qit’asi vakillari 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi. Endi “Amerika” klubi bu bosqichda Madridning “Real” klubi bilan kuch sinashadi. O‘yin 15 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Klublar o‘rtasidagi JCh-2016

11.12.2016

“Chonbuk Motors(Janubiy Koreya) – “Amerika(Meksika) - 1:2 (1:0, 0:2)

Gollar: Kim Bo Gen 23 – Romero 58, 74.

“Chonbuk Motors”: Xon Chjon Nam, Pak Von Chja, Lim Chjon In, Chxve Chxol Sun, Kim Chxan Su (Ko Mu El, 77), Chjon Xek (Leonardo, 66), Sin Xen Min, Kim Bo Gen, Li Chje Son, Kim Shin Uk, Edu (Li Don Guk, 76).

“Amerika”: Munos, Samudio, Pablo Agilyar, Alvares (Arroyo, 46), Valdes, Villiam, Martines (Gerrero, 46), Kintero (Alvarado, 70), Golts, Romero, Peralta.

Ogohlantirishlar: Golts (15), Chjon Xek (48), Chxve Chxol Sun (62), Valdes (71).

Birozdan so‘ng chorak finalning navbatdagi bahsida JARning “Mamelodi Sandaunz” jamoasi Yaponiyaning “Kashima Antlers” jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. Mazkur juftlik g‘olibi yarim finalda Kolumbiyaning “Atletiko Nasonal” klubi bilan kuch sinashadi. O‘yin 14 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning ilk o‘tish bosqichida “kunchiqar yurt” jamoasi “Kashima Antlers” Yangi Zelandiyaning “Oklend Siti” klubini mag‘lub etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!