
Klublar o‘rtasidagi JChda “Real” kimlar bilan o‘ynaydi?
Madridning “Real” klubi Evropa Chempionlar ligasida g‘olib bo‘ldi va shu yilning 6-16 dekabr kunlari BAAda bo‘lib o‘tadigan klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
Qayd etish joiz, bunga qadar mazkur musobaqada BAA chempionligini qo‘lga kiritgan “Al-Jazira”, KONKAKAF Chempionlar ligasi g‘olibi “Pachuka” xamda Okeaniya Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan “Oklend Siti” jamoalari ham klublar o‘rtasidagi JChda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishgan edi.
Turnirning qolga ikki ishtirokchisi 7 noyabr(OChL) xamda 5 noyabr(Afrika ChL)dan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Fikrlar