
Konte Italiya klublaridan taklif olmagan
“Yuventus”, “Chelsi” va Italiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte kelajagi haqidagi savollarga javob berdi.
– Menda barchasi joyida. Albatta, murabbiylik ishini sog‘inayapman, ammo biroz dam olmoqchiman. Men hozir xotirjamman va keyingi chaqiruvni kutyapman.
– “Atalanta” – “Yuventus” bahsini ko‘rish uchun Londondan uchib keldim. Men hozirgacha Italiya klublaridan birorta taklif olganim yo‘q. “Chelsi”ning “Bornmut”ga 0:4 hisobida yo‘tqazganini bilmayman. Men uchun “Chelsi” o‘tmishda qoldi. Bu haqda gapirishni istamayman. BUning ustiga men va klub o‘rtasida sud jarayoni kechmoqda, – deydi Konte.
Fikrlar