Kontening asl basharasi fosh bo‘ldi

  • 7 noyabr, 2017, 09:09
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

“Chelsi” jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte himoyachi David Luisni “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritmaganining aniq sababi ma’lum bo‘ldi.

The Times nashrining ma’lum qilishicha, italiyalik mutaxassis David Luisni juma kungi mashg‘ulotlardan haydab yuborgan. Shuning uchun Konte uni o‘yin qaydnomasiga kiritmadi.

Ma’lum bo‘lishicha, braziliyalik futbolchi Kontening taktikalariga shubha bilan qaragan. Shogirdining tanqidini ko‘tara olmagan murabbiy keskin qaror qabul qilishga majbur bo‘ldi.  Avvalroq italiyalik mutaxassis yosh futbolchilarga ishonayotgani sababli David Luisni o‘yin qaydnomasiga kiritmagani haqida xabar berilgandi.

Bundan tashqari, Konteni deb 10 yildan buyon “Chelsi”da ishlayotgan texnik direktor Maykl Emenalo jamoani tark etdi. So‘nggi paytlarda Konte turli mojarolarga aralashib yuribdi. 

Aynan uni deb Diego Kosta "Chelsi"ni tark etishga majbur bo‘lgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!