Koutino Belgiyadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?
Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Filippe Koutino kecha JCh-2018 chorak finalida Belgiyaga (2:1) qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Biz finalgacha bormoqchi edik va buning uchun bor kuchimiz bilan harakat qildik. Nima ham derdik, hayot davom etadi. Bu futbol. Bunda g‘alaba va mag‘lubiyat hamisha yonma-yon yuradi. Biz hozir juda ham ranjiganmiz. Chunki barcha braziliyaliklar singari biz ham ushbu o‘yinda g‘alaba qozonmoqchi edik. Afsuski bunday bo‘lmadi”, - deydi Koutino.

Fikrlar