Koutino baribir "Barsa"da qolmoqchi

  • 15.01.2019 13:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Filippe Koutino o‘zining “ko‘k-anor ranglilar” safidagi kelajagi borasida bir qarorga keldi.

El Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli braziliyalik futbolchi garchi “Barselona”ning asosiy tarkibiga kira olmayotgan bo‘lsada, jamoasini o‘zgartirish niyatida emas.

Eslatib o‘tamiz, Koutino kataloniyaliklar safiga 2018 yilning yanvarida 130 mln evro evaziga kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 47ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 16ta gol va 11ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!