Koutino safga qaytdi, u "Atletiko"ga qarshi bahsda maydonga tusha oladi

  • 20.11.2018 14:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Filippe Koutino son mushaklaridan olgan jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘ldi.

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli braziliyalik futbolchi jamoaning umumiy guruhida shug‘ullanmoqda. U La Liganing 13-turida “Atletiko” Madridga qarshi bo‘ladigan o‘yinda “Barselona”ga yordam bera oladi.

Ma’lumot uchun, Koutino joriy mavsum kataloniyaliklar safida jami 16ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, "Atletiko" - "Barselona" uchrashuvi 24 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!