
Koutino va Matipning "Manchester Siti"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushmasligi aniq bo‘ldi
"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp premer-liganing 19-turida "Manchester Siti"ga qarshi o‘yin oldidan jamoasidagi yo‘qotishlar haqida gapirib o‘tdi. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.
Germaniyalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra markaziy himoyachi Joel Matip va yarim himoyachi Filippo Koutinolar "siti"ga qarshi o‘yinda jamoasiga yordam bera olishmaydi.
Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" va "Manchester Siti" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 31 dekabr kuni "Enfild"da bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar