
Kroos APLga o‘tishni rejalashtirmoqda
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Toni Kroos faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga qaraganda 28 yoshli germaniyalik futbolchi "Manchester Yunayted"ning bu boradagi taklifini ko‘rib chiqmoqda. Kroosning fikricha u “qirollik klubi” safida erishish mumkin bo‘lgan barcha narsani qo‘lga kiritdi va endi unga faoliyatini davom ettirishi uchun yangi chaqiruv kerak.
Ma’lumot uchun, Kroos yakunlangan mavsum “Real” safida jami 43 ta o‘yinda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar