Kun tahlili: Ronalduning o‘rinbosari qani?!

  • 4 avgust, 2018, 13:44
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qirollik klubi” portugaliyalik superyulduzi jamoadan ketganidan beri uning o‘rniga nomzodlar qidirish bilan ovora, biroq hanuz birorta munosib o‘rinbosar Madridga olib kelingani yo‘q. Transfer bozori yakunlanishi arafasida bu umuman amalga oshmasligi ham mumkin.

Tecno

Bundan bir yili oldin Neymar “Barselona”ning “Pari-Sen-Jermen”ga almashtirgan edi. “Ko‘k-anorranglilar” transfer bozori yakunlanishi arafasida unga o‘rinbosar sifatida qimmatga bir necha futbolchilarni harid qilgandi.

Bu safar “Real Madrid” huddi shu vaziyatga tushib qolgan. O‘tgan oyda “Real”ni “Yuventus”ga almashgan Krishtianu Ronalduga o‘rinbosar olib kelish uchun Peres klubida “Barselona”dagidan ko‘ra ko‘proq vaqt bor edi. O‘z tarixidagi eng yaxshi futbolchiga o‘rinbosar olib kelish uchun hatto yaqinlashishgani ham yo‘q.

Krishtianu Ispaniyadagi to‘qqiz mavsumi davomida madridliklar uchun 438 o‘yinda 450 gol urishga erishdi. Xulen Lopetegi tarkibi iqtidorlarga to‘la bo‘lsada bunday statistikaga yaqinlasha oladigan birorta futbolchi yo‘q.

Bu esa “Real” va klub xo‘jayini Florentino Peres uchun jumboq. Madridliklar prezidenti avval “Galaktika” qurish siyosati bilan shuhrat topgan edi. Biroq 2014-yilgi Jahon Chempionatidan keyin 80 million evroga sotib olingan Xames Rodriges “Real”ning so‘nggi yirik haridi bo‘lib turibdi.

Shu kunlarda jahon futbolining eng yaxshilari faqatgina bir necha super klublarda jamlangan. Portugaliyalik futbolchining o‘rnini to‘ldirish uchun atigi bir necha variantlar bor, xolos.

“Real”ning asosiy nishonlari – Kilian Mbappe va Neymar edi. Biroq ispan jamoasi ushbu yozda ikkala futbolchining birortasini olmoqchi emasligini ma’lum qildi.

Braziliyalik va frantsiyalik hujumchi “PSJ”da atigi bir mavsum o‘tkazgani sababli sotuvga qo‘yilmaydi. Ularni harid qilish esa imkonsiz.

Eden Azar Ronalduni to‘ldirishi mumkin bo‘lgan yagona variant sifatida ko‘rilayotgandi. Belgiyalik hujumchi Jahon Chempionatida porlay oldi va musobaqaning “Kumush to‘p” sovrinini qo‘lga kiritdi.

Uning “Chelsi”ni tark etib “Santyago Bernabeu”ga ko‘chib o‘tishi haqidagi xabarlar paydo bo‘lgandi. Ammo londonliklarning yangi bosh murabbiyi Azarni saqlab qolmoqchi, madridliklar esa “ko‘klar”ning posboni Tibo Kurtuani olib kelishi mumkin, xolos.

“Chelsi” o‘z etakchisi uchun katta mablag‘ so‘rashi tayin, bu esa “Real”ga yoqmaydi.

Xarri Keyn “qaymoqranglilar”ning navbatdagi istagi edi. Lekin “Tottenxem” hujumchisi Garet Beyl va Luka Modrich ortidan Madrid klubiga o‘tmaydigan ko‘rinadi.

“Taqachilar” ayni vaqtda Chempionlar Ligasi jamoasiga aylangan, boz ustiga Keyn yaqinda klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi va ushbu transferga qiziqish bildirmayapti.

Yana bir boshqa variant – “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski esa 30 ni qarshiladi. U har qanaqasiga Ronalduga o‘rinbosar bo‘lolmaydi. U ko‘proq Benzema bilan asosiy tarkib uchun kurashishi mumkin.

Demak, Lopetegi ushbu yozda boshqa hujumchi olsada, bu nomdor hujumchi bo‘lmaydi. Yuqori saviyali futbolchilar orasida esa muqobil variantlar ko‘p emas. Demak, Peresdan yangi “Galaktika” qurish siyosatini bu yozda ko‘rolmasak kerak.

Erkinjon G‘aybullaev tayyorladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!