Kuper "birrovchi" murabbiymi? Yoxud nega Osiyo kubogiga yosh futbolchilar bilan bormadik?

  • 25 yanvar, 2019, 14:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 21
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor shu kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo kubogi musobaqasi ayni avj pallasiga chiqdi. Biroq, ming afsuslar bo‘lsinki milliy terma jamoamiz musobaqadagi yurishini allaqachon yakunladi. Ushbu muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng kimlardir Ektor Kuperning noto‘g‘ri taktika tanlagani, uning qarashlari bizning jamoaga mos kelmasligini ta’kidlashmoqda. Balkim bu gaplarda ham jon bordir. Ammo, biz bugun boshqa mavzuga e’tiboringizni qaratmoqchimiz.

Tecno

Quyida Osiyo kubogi chorak finaliga chiqqan 8ta terma jamoaning o‘rtacha yoshi va tarkibidagi eng yosh futbolchilar bilan tanishtirib o‘tamiz:

vet

Vetnam – o‘rtacha yoshi 23,8

Eng yosh futbolchisi – Van Xau Doan 19 yosh

kore

Janubiy Koreya o‘rtacha yoshi 27,1

Eng yosh futbolchisi – Son Vu Li 21 yosh

maj_1

Erono‘rtacha yoshi 27,6

Eng yosh futbolchisi Majid Husayni 22 yosh

ta

Yaponiyao‘rtacha yoshi 27,6

Eng yosh futbolchisiTakexiro Tomiyasu, Doan Ritsu – ikkalasi ham 20 yosh

avs_1

Avstraliya o‘rtacha yoshi 27,3

Eng yosh futbolchisi Aleks Gersbax 21 yosh

shix

Xitoyo‘rtacha yoshi 29,8

Eng yosh futbolchisiVei Shixao 23 yosh

baa

BAAo‘rtacha yoshi 28,3

Eng yosh futbolchisiHalifa Alhammadi 20 yosh

qatar

Qatar o‘rtacha yoshi 25,2

Eng yosh futbolchisiMuhammad Holid 18 yosh

sid

O‘ZBEKISTON  – o‘rtacha yoshi 27,5

Eng yosh futbolchisiOtabek Shukurov, Odil Hamrobekov, Javohir Siddiqov – barchasi 22 yosh.

Ko‘rib turganingizdek turnir kashfiyoti bo‘lgan Vetnam terma jamoasi 1/4 finalda ishtirok etgan terma jamoalar orasida eng yosh tarkibga ega. Ular sal qolsa yaponiyaliklarni uyiga ravona qilishlari ham mumkin edi.

Bundan tashqari, musobaqada raqib darvozasini eng ko‘p ishg‘ol etgan Qatar terma jamoasi ham ancha yosh tarkibga ega. E’tiborlisi, ispaniyalik mutaxassis Feliks Sanches qo‘rqmasdan qit’a chempionatiga endigina 18 yoshni qarshi olgan Muhammad Holidni ham olib kelgani taqsinga sazovor. Aytish mumkinki, Qatar mana shunday yosh tarkib bilan ham Osiyo kubogida ajoyib o‘yinlar ko‘rsatayotganini inobatga olsak, ular o‘z uyida bo‘ladigan mundialda ham munosib ishtirok eta olishadi.

lippi

Biroq, bu bosqichga arang etib kelgan Xitoy va Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi futbolchilarining yoshi ancha kattaroq. Balkim, shu sababli ham ular muxlislari kutgan o‘yinlarni namoyish eta olishmayotgan bo‘lishi mumkin. Bunga ushbu ikki terma jamoada allaqachon “nomeri” o‘tib bo‘lgan ikki murabbiy – Marchello Lippi va Alberto Zakkeronining faoliyat olib borayotgani asosiy sabab bo‘lishi mumkin. Chunki, bu kabi mutaxassislar Osiyoga faqat mo‘may pul ishlash maqsadida kelishadi. Ular uchun terma jamoaning kelajagi zarracha qiziq emas. Ular 30 yoshli futbolchilar bilan ishlashdan uyalishmaydi. Agar natija o‘xshamasa, ular hech narsa yutqazishmaydi. Chunki, ular Osiyoda o‘zlarini ko‘rsatgan taqdirida ham ularni Evropa grandlari endi ishga taklif qilishmaydi.

Balkim Eron, Yaponiya, Janubiy Koreya va Avstraliya terma jamoalarining yoshi deyarli bizning termamizniki bilan bir hil deb aytarsiz. Lekin, o‘sha terma jamoaning aksariyat futbolchilari deyarli Evropa kuchli beshlik chempionatlarida to‘p surishini bilasizmi? Agar bizning terma jamoada ham APL yoki La Liga, A Seriya yoki Bundesligada to‘p suradigan futbolchilar bo‘lishganida, yoshi 40da bo‘lsa ham terma jamoaga jalb etilishiga hech qanday shubha yo‘q.

Yana bir tomoni o‘sha yoshi biznikilar bilan tengligi aytilayotgan Avstraliya, Yaponiya va Janubiy Koreya terma jamoalari tarkibida 20-21 yoshli futbolchilar ham borligini unutmaslik lozim. Chunki, ular hozirgi musobaqa bilan bir qatorda kelajakni ham o‘ylashmoqda.

kuper

O‘zbekiston terma jamoasiga kelgan Ektor Kuper ham aslida “birrovchi” murabbiylardan hisoblanadi. Boisi, argentinalik mutaxassis o‘zining murabbiylik faoliyati davomida bir jamoada ko‘pi bilan 2 yil ishlagan. Albatta, Misr terma jamoasi bundan mustasno. Kuper exromlar yurtida 3 yil faoliyat olib bordi. Aytish mumkinki Misr terma jamoasi Kuperga qadar ham “qora qit’a”ning grandlari qatorida tilga olinar edi. Ammo, qandaydir omadsizliklar tufayli 28 yildan buyon mundial yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmay kelayotgandi. Kuperning baxtiga u kelgan davr Misrda Muhammad Salohdek futbolchining porlagan davrga to‘g‘ri kelib qoldi va misrliklar uzoq kutilgan natijani qayd etishdi. Albatta, Kuperning Misrda 3 yil ishlashiga ham bir tomondan Saloh va uning yulduz jamoadoshlari sabab bo‘lgan. Chunki, qaysi murabbiy natijalar zo‘r bo‘lib turgan va qo‘l ostida dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri to‘p surayotgan paytda jamoadan ketishni xohlaydi? Tabiiyki rahbariyat ham ijobiy natijalardan so‘ng uni iste’foga chiqarmagan. Shu tariqa u shartnomasi yakuniga qadar Misrda qoldi. Ammo, JCh-2018da uning terma jamoasi sharmanda bo‘lganini butun dunyo ko‘rdi. Xatto, ko‘p hollarda bizdan engiladigan Saudiya Arabistoni ham ulardan ustun keldi. Shundan so‘ng Misr futboli rahbariyati Kuper bilan shartnomani uzaytirishni xohlamadi, har xolda shunisi haqiqatga yaqinroq. Bu orada esa o‘zbekistonliklardan “yog‘li” taklif olgan janob Kuper hech qanday ikkilanishlarsiz yurtimizga tashrif buyurdi.

Картинки по запросу эктор купер sports.uz

Aytmoqchi bo‘lganimiz, janob Kuper rostan ham O‘zbekistonni jahon chempionatiga olib chiqish uchun kelgan bo‘lsa, nega unda tarkibimiz asosini yoshi o‘tib qolgan futbolchilardan tuzdi? Har holda bizda boya aytganimdek kuchli beshlik chempionatlarida to‘p suradigan futbolchilar yo‘qku? Osiyo kubogida g‘olib chiqolmasligimiz avvaldan ma’lum edi. Shunday ekan nega ushbu musobaqada Iroq, Vetnam va Qatar singari yosh futbolchilarni sinovdan o‘tkazmadik? Agar Kuper Osiyo kubogiga yoshlarni olib borgan taqdirda ham guruhdan chiqa olishimizga hech qanday shubha yo‘q.

Картинки по запросу odil ahmedov

Xo‘sh, qachongacha Odil Ahmedov yoki Nesterovga ishonamiz? Qachon ularning o‘rini bosa oladigan futbolchilarni etishtirib chiqaramiz? Kuper ish boshlagandan buyon O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasidagi futbolchilarni ham ko‘zdan kechirganmikan? Axir, 17-18 yoshli futbolchilar orasida hech bo‘lmaganda 2 yoki 3 nafar iqtidor egasini tanlab olib, Osiyo kubogida zaxiradan bo‘lsada maydonga tushirib, ularni katta o‘yinlarda toblashi mumkin ediku?!

Oddiy misol, Iroq terma jamoasining Osiyo kubogidagi asosiy hujumchisi sifatida harakat qilgan Mohanad Ali endigina 18 yoshda. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, u  yana kamida 15 yil terma jamoasiga yordam bera oladi. Xo‘sh, biz qachon terma jamoamiz safida 18 yoshli futbolchini ko‘ramiz? Albatta, bizning murabbiylar yosh futbolchilarni maydonga tushirib, tavakkal qilishdan qo‘rqishadi. Lekin, Kuperchi? Axir u xorijlikku! Aslida u bizning futbolni yoshartirishi kerak emasmi?

Похожее изображение

Endi bizni oldinda JCh-2022 saralashi kutmoqda. Kuper saralashda ham yana shu terma jamoa bilan ishtirok etmoqchimi? Nazarimda Kuper hammasini noldan boshlashi kerak. Mayli, 2-3 nafar etakchilar saqlanib qolsin. Bunga qarshi emasmiz, ammo, Kuper endi yosh futbolchilarni qidirib, ularni tarbiyalashi kerak. Agar O‘zbekistonda o‘zidan yaxshi nom qoldirishni xohlasa shunday qilishi shart! Agar biz ham 20-24 yoshli futbolchilar bilan mundialga borsak, ularning aksariyati biz orzu qilgandek Evropaning kuchli klublari safiga o‘tishlari mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
hakimov jonibek
25/01/2019 16:18
Hozir Kuperni osak kim keladi Boshqa trener ham katta pulga keladi, Agar abramovni deyatgan busang u kishi oldingi Abramov bula oladimi.Usha paytda nohaqlik qilishdi ushanda Abramovni ham olmaslik kerak edi,afsus bushatishti
hakimov jonibek
25/01/2019 16:03
shoshilma ukam tan ogin kuper qul ostida avstraliya bilan tartibli uyin qildik.Yaponiya bilan uyinda kurding Odilsis uynadik,xup yuttikmi
&
25/01/2019 16:30
gapizni odil b.n bog'liq joyiga uncha qo'shilnayman hamma odil odil deydi unaqa zo'r o'ynamayapti u.
lekin ummonga zarbasi yaxshi chiqdi
Jamshid Rahmonov
25/01/2019 16:32
Жуда мантиқсиз мақола бўлибди. Мақолани бемалол учга бўлиб алоҳида алоҳида мақола тайёрласа бўлади:))) Боши билан охирини боғлаб бўлмайди, мантиқ қаерда? ОК ютишдами? ёшларни ўйнатиб қайтишдами? Ветнамга ёки Кореяга солиштиришдами? Купер ёмонми ёки яхши? :))))
hakimov jonibek
25/01/2019 16:23
Iltimos ukam san akademiyalani ahvolini rasmla bilan yozgin shu muammolani kursatkin bolalar trenerlari bilan ula qanday bolalani shugullantirayotgani hazir nimalar uzgargani akademiyala qanday qilib bolalarni olganini yozgin ,iloji bulsa har bitta akademiyaga boringla kuringla faqat bildirmasdan , bir mahallar Xayrulla Hamidov shu ishni qilgan edi
&
darwesh
25/01/2019 15:16
Куперни танкидлаб куп маколалар чикяпти. Лекин хозиргача Куперни услуби ва уйинини аналитик материал курмадим.
&
user
25/01/2019 23:55
bolla man Uzb termasining o'yinida hozirgi eron termasining o'yiniga tortayabdi menimcha. o'yinlarni ketma-ket ko'ring bizning o'yin himoyadan tashkil qilinyapti, tartibli himoya. palapartish harakat, to'pni duch kelgan tomonga tepish minimal darajada. himoyadan paslar orqali chiqish(avvallari uzzooooqqa tepib keyin kurashish yo'q) hujumga max tez o'tish.
to'g'ri hali biznikilar erondaqamas.Eronning bu daxshatli yuriga asosiy sabab ularning beton himoyasidir. himoyasi zo'r jamoaning hujumida ham ko'p imkoniyat bo'ladi. demak biz to'g'ri yo'ldamiz!!!
Jamshid Rahmonov
25/01/2019 16:51
Чемпионат Азия сайтида ҳам 1-2 таси шу хақида ёзди (юзерлар томонидан шунчалик кўп саблий "-" билдирганлиги сабабли оҳири коммент ёпиб қўйилди). Шу мақолаларини ўқиб, оҳири шу ҳулосага келдим. Менича, МТЖга мураббий қилиб шу журналистлардан тузилган ишчи гуруҳини тайинлаш керак. Кейин, кимнидир, балки Кападзени шу гуруҳга раҳбар этиб тайинлаб, қўлига планшет бериш керак ва у шу Планшет орқали гуруҳ аъзоларини мақолалари ва тавсияларига асосан футболчиларни тренировака қилдирсин, ўйинчилар жалб қилсин ва ҳаказо ....:)
Jamshid Rahmonov
25/01/2019 16:38
Ҳурматли журналистлар мақолани тайёрлаётганда, биринчи сарлавҳани номланишида мақсадни аниқ белгилаб олинглар, бу бир. Иккинчидан, диванный мутахассисни фикрини бутун оммага чиқариш кулгили, нимага - ЎФА ва ПФЛ да Сиздан ҳам ақлли ва футболни тушунадиган мутахассислар бор, қолаверса тажрибали тренерларни фикрларини (Кападзени эмас) олиб, уларнинг шу масаладаги муносабати ва фикрини олиб, мақолада шархини келтириб ўтиш жоиз. Жуда саёз мақолалар кўпайиб кетди, жёлтая пресса ҳуллас. Шунақа мақолалар билан урра урра компанияси орқали қайтанги имиджингизни тушурасизлар. Ўлаб ёзиш керак.
hakimov jonibek
25/01/2019 16:33
Aqar aystraliyani penalirarda yutganimizda boshqacha bulardi,lekin mani fikrimcha ula bilan tartibli uynadik, Avstraliya hech nima qilolmadi. Ikkita futbolchimiz xato qildi lekin bekmaevni yiglaganini uzing kurding, hozir ham shokda busa kerak.
hakimov jonibek
25/01/2019 16:28
Faqat Termani treneriga teginma hozir uni ham almashtirsak unga ham ancha vaqt kerak buladi,necha necha yoshi katta muxlislar termani jahon chempionatida kurishni hohlashopti,balkim ula uchun bu oxirgisidair
hakimov jonibek
25/01/2019 16:25
yaqinda chet ellarda malaka oshirgan trenerla hazir nima qilishayapti qanaqa uzgarishla qilishayapti ulani oyliga osganmi suragin
hakimov jonibek
25/01/2019 16:14
Oldin akademiyani moddiy texnikasini tuliq taminlash kerak,akademiyalaga borsang xuddi premyer liga akademiyasiga kirganday kursang ,manga qosa bolalar trenerlarini ham chetdan olib kelish kerak,uzimizni trenerlani chet el mutaxasislari bilan imtixon qilib olish kerak keyin ulaga kamida 8-10000000dan oylik quyish kerak keyin uladan talab qilish kerak shundan keyin bizadan ham zurlari chiqadi
hakimov jonibek
25/01/2019 16:08
Necha yillar dunyo chempionatiga chiqolmay kelyapmiz, bu orada futbolni cevgan necha insonla olamdan utib ketti.Buni junatvorsak kimni olib kelamiz, bizani uyinchilani saviyasi past uzing ham bilasan. Yozmoqchi busanq akademiyalaga bogin yoshlani shugullantiradiganlani kurgin hayron qolasan ulani 90% ti uzida bilim yuq, moddiy texnika bazasi yuq, oyligi undan ham past bu oyligi bilan hatto ruzgorini ham boqolmaydi
&
darwesh
25/01/2019 15:17
Бирров мураббий булганда хам, миср билан жахонга чикди. Агар бизни терма жахонга чикадиган булса, ман бирровчи мураббийни чидашга розиман
Anjanlik
25/01/2019 14:34
To‘g‘ri yozilipti...qachongacha qariya futbolchilar bilan o‘ynemiz
Real Madrid
25/01/2019 14:17
Jurnalistlarni shukri yoq dolbanlar
&
ахмад49
25/01/2019 21:31
Бахтиёржон,бошимизни огритиб утирмасдан Купер бобони жавобини бериш керак,лекин бу ишни УФА бажармайди бунга бир хил сабаблар бор,бу сабабларнинг исботи булмагани учун ёзишнинг кераги йук.Шуниси аникки биз бу мураббий билан Катарга бораолмаймиз.
&
26/01/2019 10:13
uniyam javobini bersang shu osiyo kubogigayam chiqolmiy qolasanku
ko'rmayapsanmi jamoalar kuchaymoqda
uje 10 chi danam pastga tushdik.
Abramov davrida boshqa jamoalar buncha kuchli emasdi hozir yana Abramovni trener qsak hech nima qila olmaydi. futbol ko'raslami o'zi hujumkor jamoadan qarshi hujum qiladigan jamoalar hafli va ko'pincha yutadi. Kecha Qatarga qoyuvdim va yutdim 6.75 koef bu bir misol
&
ОЗИМИЗ
25/01/2019 20:51
КУПЕР ЯХШИ МУТАХАСИЗ ХИЧ КИМ ИНКОР ЭТОЛМАЙДИ БИЗДА СУТРОПИК МЕВАЛАР ПИШМАГАНИДЕЙ КУПЕРНИ ХИМОЙАВИ ТАКТИКАСИ КОПАМ ИШ БЕРМАЙДИ БУ МЕНИ ШАХСИ ФИКРИМ МЕН МУТАХАСИС ЭМАСМАН БИЗГА ПАРТУГАЛИ ШУНГА ОХШАШ ХУЖИМКОР ОЙИНДА ТАЖАВУСКОР УСЛУБ КОЛАЙДИГАН МУРАБИ БОЛСА ЯХШИ БОЛАРДИ ХАЛИ БИЗГА ХАТО ХИНДИСТОН КОМАНДАСИГА ОХШАШ КАМАНДАЛАР ЯХШИГИНА ТОСКИНЛИК КИЛАДИ .ЯХШИ ОТ КЕГИН ЧОПАДИ ДЕБ ЁМОН ОТ МАРАГА ЙЕТГАНДА БИЗГА НОМИ УЛУГ ОТНИ КЕРАГИ ЙОК БУ МЕНИ ШАХСИЙ ФИКРИМ МЕН МУТАХАСИЗ ЭМАСМАН ЛЕКИН УЗБЕКИСТОН КАМАДАМИЗИ АШАДИ МУХЛИСИМАН
&
26/01/2019 10:04
Kuper ham komandaning imkoniyatidan kelib chiqib taktika tanlidi.
faqat himoya mas uning uslubi
o'zimizdan kuchli jamoaga kaneshna himoyaviy futbol bo'ladida. kuchsizlarga hujumkor mas: Turkmaniston. man Chelsini muhlisiman Chelsi o'zi to'p bn ko'p harakat qiladigan jamoa lekin MCi Liver lar bn himoyadan qarshi hujum taktikasida o'ynaydi va bir necha marotaba bu qo'l keldi. Bu narsa taktika futbolda ko'p narsani hal qiladi. futbolchilar masalliq bo'sa murabbiy oshpaz ko'p narsa oshpazgayam bog'liq