Kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati ikkinchi kungi g‘oliblari aniqlandi
Qarshi shahri mezbonlik qilayotgan kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bahslarining ikkinchi kungi g‘oliblari aniqlandi.
Erkaklar o‘rtasidagi 73 vaznda gilamga chiqqan 2015 yilgi dunyoning eng yaxshi kurashchisi va jahon chempioni Davlat Abraev barcha raqiblarini mag‘lub etib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin oldi. Keyingi o‘rinlarni samarqandlik Muhiddin Qurbonov, qarshilik Sherbek Avlaqulov va buxorolik Manchur Teshaev band etishdi.
Ikkinchi kungi g‘oliblar bilan tanishing:
Erkaklar
73 kg
1. Davlat Abraev (Qashqadaryo)
2. Muxriddin Qurbonov (Samarqand)
3. Sherbek Avlaqulov (Qashqadaryo)
3. Mansur Teshaev (Buxoro)
81 kg
1. Kamoliddin Rasulov (Toshkent shahar)
2. Muxammadali Shamsidinov (Samarqand)
3. Mirqosim Berdiyorov (Samarqand)
3. Nurbek Berdiyorov (Samarqand)
Ayollar
70 kg
1. Gulmira Ismatova (Samarqand)
2. Chinora Xudoyqulova (Buxoro)
3. Obod Mirzaeva (Surxondaryo)
3. Muxayyo Ibragimova (Andijon)

78 kg
1. Kumush Yuldasheva (Xorazm)
2. Maftuna Esonova (Navoiy)
3. Nursuliu Jumamuratova (Qoraqolpog‘iston)
3. Dilroza Bozorova (Buxoro)
87 kg
1. Rahima Yuldosheva (Xorazm)
2. Malohat Ro‘zieva (Toshkent shahar)
3. Obida Alladustova (Qashqadaryo)
3. Gulbadan Abdusamatova (Namangan)
+87 kg
1. Beg‘am Baimova (Sirdaryo)
2. Rinata Ilmatova (Surxondaryo)
3. Nurgul Utemuratova (Qoraqolpog‘iston)
3. Surayyo Yovqochova (Navoiy)

Fikrlar