Kurtua orzusidan ancha yiroqdami?

Belgiyalik posbon «Real Madrid»ga nihoyat ko‘chib o‘tganidan keyin jamoaning so‘zsiz yulduziga aylanishi kutilgan edi. Ammo u «Chelsi»dan kelib qo‘shilganidan beri doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishda qiynalib kelmoqda.

Tibo Kurtua uni «Real» futbochisi sifatida tanishtirayotganida birdaniga klubning birinchi raqamli posboniga aylana olmasligini aytgandi.

Sirtdan qaraganimizda, yozda «Chelsi»dan 35 million funt (40 million evro) evaziga kelganidan keyin belgiyalik darvozabonning maqomiga hech qanday shubha yo‘q.

Belgiya bilan Jahon Chempionatida ajoyib o‘yinlarini ko‘rsatib uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan Kurtua Keylor Navasga raqobatchilik qilishga urinib ko‘radi.

«Real» mana uch mavsumdirki Kosata-rikalik darvozabonga kuchli raqobatchi olib kelishga besamar urinib keldi. 2015-yilda yozgi transfer bozorining so‘nggi daqiqalarida madridliklar «Manchester Yunayted» vakili David De Xeani qo‘ldan chiqargan edi. Bu holat shu yilgacha cho‘zildi.

Kurtua «qirollik klubi»ga zaxirada o‘tirish uchun kelgani yo‘q. Biroq uning «Santyago Bernabeu»dagi faoliyati baland parvozlardan ko‘ra pastga sho‘ng‘ishlar bilan boshlandi. Ayniqsa uning so‘nggi turdagi «Alaves»ga qarshi o‘yinda yo‘l qo‘ygan xatosi tufayli klubning bir ochkodan ham quruq qolishi tufayli u tanqidchilarning asosiy nishoniga aylanib qoldi.

Xulen Lopetegi esa mavsum startini Navasga ishonib topshirdi. Kurtua o‘z imkoniyatini biroz kutishiga to‘g‘ri keldi. Navas dastlabki ikki chempionat uchrashuvida darvozani qo‘riqladi.

Belgiyalik posbon «Leganes» ustidan qozonilgan g‘alaba (4-1) va «Atletik» bilan bo‘lgan durang (1-1) da jamoasi darvozasini qo‘riqladi.

U «quruq o‘yin» o‘tkaza olmadi, biroq o‘tkazib yuborilgan gollarda Kurtuaning aybi yo‘q edi. Shunga qaramay, «Roma»ga qarshi Chempionlar Ligasidagi uchrashuvda bosh murabbiy o‘z e’tiborini yana Navaga qaratdi. Bu bilan u o‘zining birinchi raqamli darvozabonini hali aniqlab olganini ko‘rsatmoqchi bo‘lgandir. «Qaymoqranglilar» ushbu o‘yinda 3-0 hisobida zafar quchdi va mavsumdagi eng yaxshi o‘yinlaridan birini o‘tkazdi.

«Kimni o‘ynatishni murabbiy hal qiladi. Joy uchun belgilangan rotatsiya tizimi yoki shunga o‘xshash narsa yo‘q» – dedi Kurtua Belgiya nashrlariga intervyu berarkan.

U keyingi uch chempionat o‘yinida o‘z joyiga qaytarildi. «Espanol» ustidan qozonilgan kichik hisobdagi g‘alaba (1-0) Kurtuaning nihoyat quruq o‘yin o‘tkazganiga ijobiy ta’sir qilishi mumkin. Ammo o‘yinda gol o‘tkazib yubormasligida uning xizmatlari kam bo‘ldi. Andalusiyada 3-0 hisobida mag‘lubiyat alamini totishida esa u jamoasiga mutlaqo yordam bera olmadi.

Kurtua o‘tkazib yuborilgan ikkinchi va uchinchi gollarda yaxshiroq harakat qilishi mumkin edi, ammo u Ben Yedderning hujumlarini to‘xtata olmadi.

Ammo u sobiq jamoasiga qarshi derbi uchrashuvida o‘zining hozircha eng yaxshi uchrashuvini o‘tkazishga erishdi.

O‘yindan keyin u o‘z uslubini himoya qilib chiqdi va eng zo‘r tarafi bo‘lmasada uzatmalarni amalga oshirishda yomon emasligini tilga oldi.

«Men oyog‘im bilan o‘ynashda chakki emasman. Ehtimol eng zo‘rimasdirman, ammo yomon ham emasman. Oyoqda to‘p bilan muomala qilishda davom etaman.» – dedi Belgofut nashriga bergan intervyusida.

«Ba’zan yomon paslar beraman, ammo mendan ham ko‘proq xato qiladigan ko‘plab darvozabonlarni bilaman.»

Shu gaplarni aytganidan keyin «Alaves»ga qarshi o‘yinda u jiddiy xatoga yo‘l qo‘ydi. Burchak zarbasi vaqtida u to‘pga chiqishda pozitsion xatoga yo‘l qo‘ydi va so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yuborilishiga sababchi bo‘ldi.

Bu ham etmaganidek «TsSKA»ga qarshi uchrashuvda klub yana qatorasiga to‘rtinchi o‘yinda gol urishning uddasidan chiqa olmadi va Moskvadan 1-0 hisobidagi mag‘lubiyat bilan qaytdi. O‘zining «Real» safiga o‘tishini «orzu» deb atagan posbon bundan ancha yiroqdagi o‘yinini namoyish qilmoqda.

Ikkala posbonni solishtiradigan bo‘lsak, quyidagi raqamlarga guvoh bo‘lamiz: Navs darvozada bo‘lganida klub beshta o‘yinning uchtasida g‘alaba qozongan. Belgiyalik darvozabon bilan olti uchrashuvning ikkitasida klubning qo‘li baland kelgan. Ikkalasi ham ikkitadan «quruq o‘yin» o‘tkazgan bo‘lsa, oltidan gol o‘tkazib yuborgan.

Navas xalqaro tanaffus vaqtida Kosta-Rika bilan Kolumbiya va Meksikaga qarshi o‘ynaydigan bo‘lsa, «Chelsi»ning sobiq vakili Belgiya bilan faqatgina Gollandiyaga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Shu sababli Lopetegi 20-oktyabr kuni «Levante»ga qarshi bahsda aynan uni ilk daqiqalardan maydonga tushirsa kerak.

Agarda uni oy oxirrog‘ida eng qiyin uchrashuv – «El Klassiko»da jangga tashlasa, bu nafaqat Kurtua uchun balki Lopetegi uchun ham qimmatga tushishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!