Kurtua o‘zining shaxsiy antirekordini o‘rnatdi

  • 15.12.2018 16:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua o‘zining shaxsiy antirekordini o‘rnatdi.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli belgiyalik posbon faoliyati davomida ilk bor mavsumning dastlabki 16ta o‘yinida 21ta gol o‘tkazib yubordi. Bungacha esa uning eng yomon natijasi 2010/11 yilgi mavsumda “Genk” safida qayd etilgan. O‘shanda Kurtua mavsumning ilk 16ta o‘yinida 19ta gol o‘tkazib yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, Kurtua “Real” safiga joriy yoz 35 mln evro evaziga “Chelsi”dan ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!