La Liga. So‘nggi daqiqadagi gol “sariq submarina” cho‘kishiga sabab bo‘ldi

Ispaniya chempionati 19-turida “Vilyarreal” jamoasi o‘z maydonida “Xetafe” futbolchilarini qabul qildi.

Qiziqarli va kurashlarga boy kechgan bellashuvda mehmonlar so‘nggi daqiqada kiritilgan gol evaziga zafar quchib, 3 ochkoni qo‘lga kiritishdi.

Vilyarreal – Xetafe 1:2 (0:0, 1:2)

Gollar: 0:1 – 52 Molina, 1:1 – 75, avtogol Kabrera, 1:2 – 89 Anxel.

Vilyarreal – Asenxo, Mario Gaspar, Funes Mori, Ruis, Kosta, Iborra (Bakka, 70), Kaseres, Chukvueze (Toko-Ekambi, 57), Fornals, Kasorla, Moreno.

Xetafe – Soriya, Fulke (Bruno Gonsales, 73), Dakonam, Kabrera, Antunesh, Portilo, Arambarri, Maksimovich, Kristoforo (Says, 70), Molina (Anxel, 86), Mata.

Ogohlantirishlar: Fulke (13), Alvaro Gonsales (29), Arambarri (30), Moreno (36), Kosta (39), Toko-Ekambi (85), Funes Mori (89), Anxel (90).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!