La Ligada navbatdagi iste’fo. Bu safar "Vilyarreal" bosh murabbiyini ishdan bo‘shatdi

  • 10.12.2018 15:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyaning "Vilyarreal" klubi o‘zining rasmiy saytida bosh murabbiy Xaver Kalexini iste’foga chiqarganini e’lon qildi.

Unga ko‘ra “sariq suv osti kemasi” rahbariyati jamoaning mavsum davomida qayd etayotgan qoniqarsiz natijalar sabab 40 yoshli mutaxassisni ishdan olgan.

Ma’lumot uchun, “Vilyarreal” La Liganing o‘tgan 15ta tur yakunlariga ko‘ra 14 ochko bilan 17-pog‘onani egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, bu La Ligada joriy mavsumdagi ilk iste’fo emas. Bundan avvalroq "Real" va "Atletik" Bilbao klublari ham o‘z murabbiylarini iste’foga chiqarishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!