La Repubblica: "Roma" Mauritsio Sarri bilan muzokaralar o‘tkazmoqda
“Chelsi”da kursisi qimirlab qolgan Mauritsio Sarri yana Italiya A Seriyasiga qaytishi mumkin.
La Repubblica nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 60 yoshli italiyalik mutaxassisga “Roma” klubidan jiddiy qizqishlar paydo bo‘la boshlagan. Ma’lumotlarga qaraganda rimliklar prezidentining maslahatchisi Jeyms Pallotta allaqachon bu borada Sarri bilan aloqaga chiqqan. Ularning Londondagi uchrashuvida Sarriga kelasi mavsumda “Roma”ni boshqarish taklif qilingan.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra mavsum yakunlangach nafaqat jamoa bosh murabbiyi Eusebio Di Franchesko, balki jamoaning sport direktori Ramon Monchi ham iste’foga chiqarilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Chelsi” Angliya liga kubogi finalida “Manchester Siti”ga imkoniyatni boy bersa, “aristokratlar” xo‘jayini Roman Abramovich italiyalik mutaxssisni iste’foga chiqarishi haqida xabarlar tarqalgan edi.



Fikrlar