Legionerlarimiz. Shukurovning jamoasi peshqadamga aylandi

  • 29 sentabr, 2018, 00:01
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov faoliyat olib boradigan "Sharja" jamoasi o‘z maydonida "Al-Fujayra"ni qabul qildi.

Mazkur uchrashuvda mezbonlar 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Hamyurtimiz bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa maydonda harakat qildi.

Bugungi muvaffaqiyatdan so‘ng "Sharja" jamg‘argan ochkolar soni 12 taga etdi  va jamoa turnir jadvalida 1-o‘rinda bormoqda.

BAA Pro-ligasi. 4-tur

"Sharja" - "Al-Fujayr" 3:0

Gollar: Velliton (4), Koronado (45+2, 60).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!