“Lester” prezidenti: Ranerining iste’fosida futbolchilarning aybi yo‘q
Angliyaning amaldagi chempioni hisoblangan “Lester” klubi prezidenti Vishay Shrivaddanaprabxa jamoa sobiq bosh murabbiyi Klaudio Ranerining iste’fosini futbolchilar talab qilishgani haqidagi mish-mishlarga izoh berib o‘tdi.
“Bu juda ham og‘ir qaror bo‘ldi. Ammo, klub rahbariyati jamoa kelajagi va ravnaqini hisobga olishi kerak. Shuni alohida ta’kidlashim kerakki, Ranerining iste’fosiga futbolchilarning aloqasi yo‘q.
Bizni vaziyatni o‘nglab olishimiz uchun oldinda mavsumning chorak qismi kutib turibdi. Biz Raneri erishgan yutuqni munosib himoya qilishimiz kerak”, - deydi Shrivaddanaprabxa FourFourTwo nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, “Lester” kecha premer-liganing navbatdagi turida “Liverpul”ni 3:1 hisobida mag‘lub etgan edi.

Fikrlar