“Lester”da qatorasiga 5 g‘alaba, Vardi barchasida gol urdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

“Lester” jamoasi APL 31-turida “Sanderlend” klubini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bu Shekspirning kelganidan buyon 5 ta o‘yinda qatorasiga 5-g‘alaba bo‘ldi.

“Tulkilar” hujumchisi Jeymi Vardi ketma-ket 5 g‘alabaning barchasida o‘z hissasini qo‘shgan. Ya’ni, angliyalik futbolchi 5 o‘yinning barchasida 5 ta gol urdi.

Qayd etish kerakki, Jeymi Vardi APLning 18 turiga qadar faqatgina “Manchester Siti”ga qarshi (4:2) uchrashuvda xet-trik bilan cheklangandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!