
Levandovski Bundesligada rekord o‘rnatdi
Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchisi Robert Levandovski kecha Bundesliganing 31-turidan o‘rin olgan “Gannover”ga (3:0) qarshi bahsda o‘z nomiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
E’tiborlisi, shu tariqa o‘zining Bundesligadagi gollari sonini 105taga etkazib olgan polshalik futbolchi ushbu musobaqada bir jamoa tarkibida eng ko‘p gol urgan legionerga aylandi.
Qayd etish lozimki, bu boradagi avvalgi rekord “Verder” hujumchisi Klaudio Pisarroga tegishli edi. Perulik futbolchi ushbu jamoa tarkibida 104ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar