Levandovski kuchli beshlik chempionatlari to‘purariga aylanib oldi

  • 13.12.2018 10:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Myunxenning “Bavariya” klubi forvardi Robert Levandovski kecha Chempionlar ligasi guruh bosqchi so‘nggi turida “Ayaks”ga (3:3) qarshi bahsda o‘z nomiga dubl yozdirib qo‘yishga erishdi.

E’tiborlisi, 30 yoshli polshalik futbolchi shu tariqa o‘zining mavsumdagi gollari sonini 21taga etkazib oldi va bu borada kuchli beshlik chempionatlarida to‘p surayotgan futbolchilar orasida to‘purarga aylanib oldi.

Ma’lumot uchun, Levandovski ushbu gollarining 8tasini Chempionlar ligasida, 9tasini Bundesligada va yana 3tasini Germaniya kubogida kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!