“Lokomotiv” yangi futbolchilarni tanishtirdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi


Bugun Toshkentning “Lokomotiv” klubi davralar oralig‘ida jamoa safiga yangi kelib qo‘shilgan futbolchilarning tanishtiruv marosimini o‘tkazdi.
Tadbirda “Lokomotiv” bosh direktori o‘rinbosari To‘labek Akramov, klub bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Andrey Fyodorov va jamoasiga kelib qo‘shilgan Anzur Ismoilov, Temurxo‘ja Abduholiqov hamda Nikolay Pogrebnyaklar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida ushbu futbolchilarga liboslar taqdim etildi. Jumldan, Anzur Ismoilovga 55-raqamli libos taqdim etildi. Rossiyalik futbolchi Nikolay Pogrebnyak esa “temiryo‘lchilar” safida 21-raqamda to‘p tepishi ma’lum bo‘ldi.

“Lokomotiv”ga qaytgan Temurho‘ja Abduholiqov esa yana o‘zining jonajon 11-raqamida to‘p tepishi ma’lum bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!