
"Lokomotiv"ning OChLdagi raqibi g‘alaba qozondi
2017 yilgi Osiyo Chempionlar Ligasini to‘g‘ridan to‘g‘ri guruh bosqichidan boshlovchi yagona klubimiz, Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi bilan musobaqaning "A" guruhidan joy olgan Saudiya Arabistonining "Al Tavoon" klubi kecha mamlakat Pro ligasi doirasidagi o‘zining 17-tur uchrashuvini o‘tkazdi.
Siz-u bizga yaxshi tanish bo‘lgan "Al Shabab" jamoasini o‘z uyida qabul qilgan buraydaliklar 2:0 hisobida zafar quchishdi. Dastlab uchrashuvning 27-daqiqasida Muhammad Al-Saiari hisobni ochgan bo‘lsa, 78-daqiqaga kelib Musa Al Shamri ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi, 2:0.
Eslatib o‘tamiz, "Lokomotiv" guruh bosqichidagi 1-tur uchrashuvini safarda, aynan "Al Tavoon"ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu uchrashuv 20 fuvral kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:40 boshlanadi.
Фикрлар