
Ana xolos: “Real” yozda “Barsa” yulduzini olib ketmoqchi
“Barselona”ning urugvaylik markaziy himoyachisi Ronald Arauxo yozgi transferlar vaqtida Kataloniyani tark etishi ehtimoli oshib bormoqda.
Ayniqsa, Evropa Chempionlar ligasining yarim final javob uchrashuvida Arauxoning ikkita qo‘pol xatosi “Inter”ning g‘alabasiga asos bo‘lganidan keyin “Barselona” etakchilari bosh murabbiy Xans-Diter Flikdan urugvaylik futbolchini “Real”ga qarshi o‘ynatmaslikni so‘ragan.
Bu holat Arauxoning klubdagi kelajagiga ta’sir qiladi.
El Gol Digital nashrining yozishicha, Ronald Arauxoni ashaddiy raqib – markaziy himoyachiga ehtiyoj sezayotgan “Real” olmoqchi. Garchi bu o‘ta murakkab jarayon bo‘lsa-da, ekspertlar bu transfer amalga oshishi mumkinligini ta’kidlashyapti.
Ronald Arauxo joriy mavsum barcha turnirlarda 23 marotaba maydonga tushdi hamda himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, ikkidan gol va assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar