Lopetegi – «Real»ning Moyesimi?

  • 10 oktabr, 2018, 14:17
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyalik murabbiy klubning ulkan umidlarini ro‘yobga chiqarishda qiyinchilikka uchray boshladi va u ayni vaqtda echimi yo‘q vazifani bajarishga urinayotgandek ko‘rinmoqda.

Zinedin Zidan «Santyago Bernabeu»ni o‘zi uchun eng to‘g‘ri vaqtda tark etdi. U qatorasiga uchinchi marta Chempionlar Ligasini yutdi va klubdan qahramon sifatida ketdi.

Tarix «Real»ni ajoyib jamoa sifatida eslab qoladi, ammr Evropadagi zafarlar ichki chempionatdagi muammolarni yuzini to‘sib turganini yashirib bo‘lmaydi.

Ular o‘tgan mavsumda La Liganing 16 o‘yinida g‘alaba qozona olmadi va azaliy raqibi «Barselona»dan 17 ochko ortda qolgan holda marraga etib keldi. Zidanning so‘nggi mavsumi starti juda qo‘rqinchli tarzda boshlandi va u jamoada muvozanatni saqlab qola olmadi. Madridliklar «Valensiya», «Levante» va «Real Betis»ni o‘z uyida enga olmadi, chempionat sovrini uchun kurashdan ular Rojdestvodan oldinoq chiqib ketishgandi.

Zidan Chempionlar Ligasi finalida «Liverpul»ga yutqazib qo‘yganida uning klub boshqaruvidan sharmandalarcha quvilishi muqarrar edi. Garchi Chempionlar Ligasi yakunda o‘zlarida qolgan bo‘lsada, jamoada aniq muammolar etarlicha edi. Zidanning eng sevimli so‘ziga aylangan «jabr ko‘rish» holatini qit’aning nufuzli sovrini bosib ketdi. «Qirollik klubi» Qirol Kubogi chorak finalida «Leganes» tomonidan chiqarib yuborilgandan keyin tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilish kerakligi barchaga ayon bo‘ldi.

Chempionlar Ligasini qatorasiga uch bora yutib olgan jamoa haqida bunday deyish biroz g‘alati, ammo bu haqiqat. Jamoaning vazifasi bir o‘yinlik natijalarga bog‘lanib qoldi. Ular mavsum davomida 40-50 o‘yin davom etadigan musobaqalarda ochiq-oydin qiynala boshladi.

Shunga qaramay Zidan klub boshqaruvidan ketganidan keyin yangi murabbiy oldida nafaqat «Real»ning obro‘sini saqlab qolish, balki uni yanada yaxshilash vazifasi topshirildi.

Krishtianu Ronalduning sotib yuborilishi Lopetegi kelishidan oldin amalga oshirildi. Bu bir tarafdan yangi murabbiy oldidagi topshiriqni bajarishni osonlashtirishi kutilgan edi. Ammo boshqa tomondan klubning barcha davrlardagi eng yaxshi to‘purarini yo‘qotishi ham eng katta muammo edi.

Uning yo‘qligini bildirmaslik juda qiyin masala. Karim Benzema, Garet Beyl va Marko Asensiolardan mavsumda 40 talab gol kutish ma’nosiz.

Peresning so‘nggi yillardagi transfer siyosati tayyor «Galaktika» qurishdan ko‘ra kelajakka sarmoya kiritish bo‘ldi. So‘nggi yillarda Xesus Valexo, Alvaro Odriosola, Dani Sebalos, Marko Asensio, Vinisius Junior va Mariano Dias kabi yosh iqtidor vakillari klubga jalb qilindi. Faqatgina Asensio barcha murabbiylar qo‘li ostida asosiy tarkibdan joy ola bildi. Biroq uning jamoani sezilarli kuchaytirishi uchun vaqt va tajriba talab etiladi. Bu Lopetegining xatosi emas. U Peresning klubni qayta yoshartirish siyosati qurboni, xolos.

Lopetegi yangi mavsumda «Real»ga yangicha o‘yin uslubi joriy qilishi kerak edi. Bu mavsum startida – uch yoki to‘rt uchrashuvlarda o‘z so‘zini aytdi. Chempionlar Ligasi doirasida «Roma»ga qarshi o‘yinda to‘liq tashabbusga ega bo‘ldi.

Ammo o‘shandan keyin «Real»ga bir nima bo‘ldi. Ular hamon to‘pga ko‘proq egalik qilishmoqda, uni golga aylantirishga kelganida jiddiy oqsamoqda. Ronalduning ketishi bu masalada bilinmoqda, Benzema imkoniyatlarni ko‘kka sovurishda davom etmoqda.

Bunga jarohat olgan muhim futbolchilarni ham qo‘shsak, so‘nggi mag‘lubiyatlarda Lopetegining holatini juda yaxshi tasavvur qilamiz.

O‘tgan hafta «TsSKA»ga qarshi o‘yinda Dani Karvaxal, Marselo, Garet Beyl, Isko va Luka Modrichlar jamoaga yordam bera olishmadi. Ramos esa uchrashuvga yo‘l olmadi. Bunday tarkib Zidanni ham qiyin ahvolga solib qo‘ygan bo‘lardi. Chunki har qanday murabbiy bunday yo‘qotishlar bilan omadsizlikka uchraydi. Bunday yo‘qotishlar La Liga doirasidagi bahslarda ham bo‘lmoqda.

Kamiga tarkibning bir necha futbolchilari – Rafael Varan o‘z sport formasida emas, Modrich yangi murabbiyni nimalarga qodirligiga ishontira olmayapti, Zidan kashfiyoti Kazemiro esa yangi murabbiy qo‘li ostida o‘z pozitsiyasini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi va bu uning o‘yiniga ta’sir qilmoqda.

Klub afsonasi Zidan kabilarni munosib to‘ldirish vazifasi umuman oson emas. Hatto uning taqdiri joriy oy yakunida bo‘lib o‘tadigan «El Klassiko»dagi natijaga bog‘liq bo‘lishi haqidagi mish-mishlar bolalay boshladi.

Ser Aleks Fergyusson «Manchester Yunayted»ni oxirgi marta chempion qilib ketganiga ham besh yil to‘ldi. Uning o‘rniga kelgan Devid Moyesga qolgan meros va Xulen Lopetegining ayni vaqtdagi holati o‘rtasida bog‘liqlik bor. Chunki muammo juda chuqur ildiz otgan.

Nahotki u «Real»ning Moyesi bo‘lsa? Buni tez orada bilib olishimiz aniq.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!