Luis Ortis Uaylder - Fyuri jangi arafasida ringga ko‘tariladi

  • 26 oktabr, 2018, 16:45
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Super og‘ir vazn toifasida WBC chempionlik kamariga sobiq da’vogarlardan biri Luis “King-Kong” Ortis Los-Anjelesda 1 dekabr kuni bo‘ladigan professional boks kechasida ishtirok etadi. Mazkur kechaning asosiy to‘qnashuvida WBC tituli uchun Deontey Uaylder va Tayson Fyuri o‘zaro to‘qnash keladi.

ESPN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Ortisning ushbu jangdagi raqibi 33 yoshli amerikalik Trevis Kaufman bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 39 yoshli Ortis mart oyida Deontey Uaylder bilan bo‘lgan chempionlik qarama-qarshiligida 9-raundda texnik nokautga uchragan edi. Iyulda ringga qaytgan Luis ruminiyalik Razvan Kojanni ikkinchi raundda taslim qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!