
Lushchan: "So‘g‘diyona" va "Neftchi" deyarli bir xil vaziyatda
Bugun Superliganing 13-turida o‘rin olgan “Neftchi”-“So‘g‘diyona” bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda “So‘g‘diyona” jamoasi 0:2 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan so‘ng jizzaxliklar ustozi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Bu haqda "So‘g‘diyona" rasmiy sayti xabar bermoqda.
"Raqiblarni bugungi o‘yinda omadi kelmadi deya olmayman. Ular juda yaxshi o‘yin kursatishdi va yaxshi shakllangan jamoa ekanligini isbotlashdi. Ular bugun vaziyatlardan foydalana olmadi xolos.
Bugungi o‘yinda “Neftchi” o‘z o‘yida o‘ynayotganini hisobga olib, shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rdik. “So‘g‘diyona” va “Neftchi” deyarli bir xil vaziyatda. Bugun raqiblar 3 ochko uchun kurashishini bilar edik ammo o‘yin 6 ochkolik edi. Uchrashuv boshida standart vaziyatgan gol kirita oldik va muhimi bugun ochko bilan qaytmoqdamiz. O‘yindan qoniqdim", - deb aytib o‘tdi Sergey Lushchan.
Fikrlar