“MYu” Garri Maguayr uchun 50 mln funt sarflashga tayyor

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya terma jamoasi va “Lester Siti” klubi himoyachisi Garri Maguayr o‘z faoliyatini “Manchester Yunayted” klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “qizil iblislar” 25 yoshli futbolchining transferi uchun 50 million funt sarflashga tayyor.  O‘z navbatida “Lester” mahoratli futbolchini qo‘yib yuborishni istamayapti va u bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

O‘tgan mavsumda Maguayr APLning 38 o‘yinida maydonga tushib, 2 ta gol va 4 ta golli pasga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!