
MYu Villian uchun kurashda "Barselona"ni ortda qoldirmoqchi
"Manchester Yunayted" klubi "Chelsi" yarim himoyachisi Villianni qo‘lga kiritish uchun jiddiy bel bog‘ladi.
The Sun nashrining xabar berishicha mankuanliklar 29 yoshli braziliyalik futbolchini joriy yozgi transferlar davridayoq o‘z saflariga qo‘shib olishni rejalashtirishmoqda va buning uchun “aristokratlar”ga 68 mln evro taklif qilishga tayyor. Aytish kerakki, Villianni shaxsan jamoa ustozi Joze Mourino “Old Trafford”da ko‘rmoqchi. Eslatib o‘tish lozimki, Villian o‘z vaqtida “Chelsi”da aynan Mourino qo‘l ostida to‘p surgan.
O‘z navbatida Villian uchun shuningdek “Barselona” ham kurash olib bormoqda. Biroq kataloniyaliklar ushbu futbolchi uchun MYu taklif qilayotgan pulni bermoqchi emas. Ammo, shunga qaramay Villian “Kamp Nou”ga ko‘chib o‘tish istagini bildirmoqda.
Ma’lumot uchun, Villian yakunlangan mavsum “Chelsi” safida jami 55ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 13ta gol hamda 12ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar