MYu aktsiyalari rekord darajaga ko‘tarildi
“Manchester Yunayted” klubi aktsiyalarining qiymati seshanba kungi Nyu-York fond birjasida o‘tkazilgan savdolarda rekord ko‘rsatgichga etdi.
Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra MYuning bir aktsiyasi 24 dollarga (yoki 18.50 funt) baholangan. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, jamoaning ayni damdagi umumiy bahosi 4 milliard dollar yoki 3.1 milliard funtga etgan.

Fikrlar