MYu bugun Angliya liga kubogida "Derbi Kaunti" bilan kuch sinashadi.

  • 25.09.2018 11:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Angliya liga kubogining 3-raundida "Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Derbi Kaunti"ni qabul qiladi.

Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar:

- O‘tgan mavsum ushbu jamoalar Angliya kubogining 3-raundida o‘zaro to‘qnash kelishgan edi. 2018 yilning 5 yanvar kuni bo‘lgan bahsda “Manchester Yunayted” 2:0 hisobida zafar quchib navbatdagi bosqichga yo‘l olgan edi.

- MYuning “Derbi” ustidan qozonayotgan ketma-ket g‘alabalar soni 4taga etdi.

- "Derbi Kaunti" oxirgi marta "Manchester Yunayted"ni 2009 yil aynan Angliya liga kubogi doirasida mag‘lub etgan. O‘shanda 1:0 hisobi qayd etilgan.

- "Derbi Kaunti" joriy mavsum safarda o‘tkazgan 6ta o‘yindan 4tasida g‘alaba qozondi.

"Manchester Yunayted" – "Derbi Kaunti"

Stadion: "Old Trafford" (Manchester, Angliya)

Boshlanish vaqti: 00:00

Bosh hakam: Styuart Atvell

Taxminiy tarkiblar:

"Manchester Yunayted": Romero – Dalot, Smolling, Lindelef, Yang, MakTominay, Pereyra, Fred, Martyal, Mata, Reshford.

"Derbi": Karson – Bogl, Kio, Tomori, Meloun, Djonson, Ledli, Maunt, Yozefson, Bennett, Marriott.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!