MYu bugun "Brayton" qarshiligini sindira oladimi?
Bugun Angliya premer-ligasida 2-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Jumladan, shu kuni “Manchester Yunayted” “Brayton” maydoniga safar qiladi.
E’tiborlisi, “Brayton” APLning so‘nggi 3ta o‘yinidan buyon faqat imkoniyatni boy bermoqda. MYu esa o‘tgan tur o‘z maydonida "Lester"ni (1:2) mag‘lub etgan edi. Yana bir jihati “qizil iblislar” forvardi Romelu Lukaku esa faoliyati davomida biror marta ham “Brayton” darvozasiga gol ura olmagan.
Quyida ushbu uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishib olishingiz mumkin:
"Brayton" — "Manchester Yunayted"
Stadion: "Falmer - Ze Ameks" (Brayton end Xouv, Angliya)
Boshlanish vaqti: 20:00
Bosh hakam: Kevin Frend (Lestershir, Glenfild, Angliya)
"Brayton": Rayan - Montoyya, Daffi, Dank, Bernardo, Jaxonbaxsh, Stivens, Bissuma, March, Gros, Marrey.
"Manchester Yunayted": De Xea - Yang, Bayi, Lindelyof, Shou, Fred, Pereyra, Pogba, Sanches. Lukaku, Mata.
Fikrlar