MYu etakchilaridan biri safga qaytdi
"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Pol Pogba jarohatidan sog‘aydi va safga qaytdi.
Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra klub shifokorlari 25 yoshli frantsuzning ertaga bo‘lib o‘tadigan "Kristal Pelas"ga qarshi bahsda maydonga tushishiga ruhsat berishgan.
Eslatib o‘tamiz, Pogba jarohati sababa APLning o‘tgan turida "Manchester Siti"ga qarshi shahar derbisini o‘tkazib yuborgan edi.
Ma’lumot uchun, u joriy mavsum jami 15ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobig 5ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar